Prezidentning Buxoroga tashrifi doirasida rektorlar ishdan olindi
Prezidentning Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida viloyatdagi 4ta oliy ta'lim muassasasidan ikkitasida rahbarlar o‘zgargan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar qilmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishi vaqtida Buxoro davlat universiteti rektori va Buxoro muhandislik texnologiya instituti rektori ishdan olingan.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, 2014 yildan buyon Buxoro davlat universiteti rektori vazifasida ishlab kelgan Abduqobil Abdunabiyevich To‘laganov lavozimini tark etgan.
Ayni vaqtda uning o‘rniga Obidjon Hafizovich Hamidov yangi rektor etib tayinlangan.
Obidjon Hamidov shu vaqtgacha Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor sifatida ishlab kelayotgandi.
2013 yildan buyon Buxoro muhandislik texnologiya instituti rektori bo‘lgan Ulug‘bek Turgudovich Muxamedxanov ham lavozimdan olingan. Uning o‘rnini Nusratullo Rajabovich Barakayev egallagan.
Ma'lumot uchun, texnika fanlari doktori Nusratullo Barakayev 2014-2015 yillarda Guliston davlat universiteti rektori vazifasini bajaruvchi bo‘lgan, keyinroq shu universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat ko‘rsatgandi. U keyingi yillarda Toshkent Kimyo-texnologiya institutida ishlab kelayotgandi.
O‘z navbatida, Buxoro tibbiyot instituti rektori, professor Amrillo Inoyatov o‘z lavozimini saqlab qolgan.
Mavzuga oid
17:03 / 15.12.2024
Buxoroda haydovchi mast holda avtobus boshqarib, odam tashiyotganda ushlandi
15:29 / 03.12.2024
Buxoro shahrining tarixiy qismida mototsikl va skuter kabilarning harakati cheklandi
11:04 / 02.12.2024
2025 yilda Rossiya shahrida Buxoro madaniyati kunlari o‘tkaziladi
17:27 / 30.11.2024