Akbar Abdullayevga tegishli yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi
«E-IJRO AUKSION» elektron auksion savdo maydonchasida sud tomonidan xatlangan Parkent tumani Kumushkon qishlog‘idagi noturar ko‘chmas mulk obekti bog‘i ochiq auksionga qo‘yildi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.
Qayd etilishicha, umumiy maydoni 4,5 ga. bo‘lgan noturar obektning boshlang‘ich bahosi 8 237 126 532.00 so‘mni tashkil etadi.
Ba'zi manbalarda ushbu yirik obekt Gulnora Karimovaning xolavachchasi Akbar Abdullayevga tegishli ekanligi aytiladi. Akbar Abdullayev bir necha yillar davomida Farg‘ona viloyatida joylashgan yirik sanoat inshootlarini nazorat qilib kelgani ma'lum. Ular orasida Farg‘ona neftni qayta ishlash va Quvasoy sement zavodlari ham bo‘lgan, deyiladi xabarda.
Bundan oldin, «O‘rikzor» bozori sobiq rahbarining antikvar mashinalari yarim milliard so‘mga savdoga qo‘yilgandi.
Mavzuga oid
09:32 / 25.12.2024
O‘zbekistonda avtoraqam 1 mlrd so‘mdan ortiqqa sotildi
19:59 / 18.12.2024
Toshkentda yo‘lbo‘yi avtoturargohlarini tashkil etish uchun boshqa kompaniya tanlandi
19:11 / 29.11.2024
Shveytsariyaning Lombard Odier banki Gulnora Karimova ishi bo‘yicha pul yuvishda ayblandi
01:13 / 21.11.2024