Poytaxt chorrahalarida «hammaga to‘xtash» qoidasi joriy qilinmoqda
Bugun, 13 aprel kuni, Toshkent shahar IIBBda o‘tkazilgan brifingda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Azizxon Umarxonov yo‘l harakati qoidalariga kiritilayotgan o‘zgarishlarga oid yangiliklar bo‘yicha ma'lumotlar berdi.
Hozirgi kunda poytaxtning yuzdan ortiq chorrahalarida “hammaga to‘xtash” (“vsem stop”) qoidasi joriy qilinishi yo‘lga qo‘yilgan. Buning mazmuni shuki har to‘rt tomondagi svetoforlar 3 soniya atrofida qizil chiroqni ko‘rsatib turadi va shundan keyingina navbati bilan avval sariq, keyin yashilga o‘ta boshlaydi. Bu qoidaning o‘ziga xos jihati shundaki, eng ko‘p YTH holatlari aynan chorrahalarda, svetoforga amal qilmaslik yoki shoshilish tufayli yuz beradi. “Hammaga to‘xtash” qoidasi aynan shunday holatlarning oldini olish, harakat xavfsizligi bo‘yicha to‘la-to‘kis ishonch hosil qilgandan keyingina harakatlanishga qaratilgan.
Polkovnik Azizxon Umarxonovning bildirishicha, hozirgi kunda Xalq ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda maktablar direktorlarining ma'naviyat bo‘yicha o‘rinbosarlariga maktabga yondosh yo‘llarda bolalar uchun harakat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha yo‘l posboni mas'uliyati yuklanishi muhokama qilinmoqda.
Shuningdek, poytaxtda harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida tashviqot olib boruvchi yettita elektron tablo uzluksiz ishlashi yo‘lga qo‘yilgan.
Bundan oldin, inspektorning bodi-kamerasi onlayn kuzatilishi mumkin ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:52
“Avtobuslar uchun 100 ta kamera”: ular Toshkentda jamoat transportiga ajratilgan alohida yo‘lakdagi qoidabuzarliklarni qayd etadi
14:55
Toshkentning 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi tasdiqlandi
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024