Iqtisodiyot | 14:34 / 15.04.2019
39601
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dollar kursi yangilandi. U ko‘tarilishda davom etmoqda

Foto: Shutterstock

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 16 apreldan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 4 so‘mga qimmatlashgan va 1 dollar 8455,37 so‘mni tashkil etgan.

1 yevro kursi 77,20 so‘mga qimmatlashib, 9554,57 so‘mga teng bo‘ldi.

1 rubl 2,16 so‘mga ko‘tarilib, 131,53 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

Valuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Mavzuga oid