O‘zbekiston Opensignal internet reytingida oxirgi o‘rinlarda qayd etildi
O‘zbekiston Opensignal mobil tarmoqlar faoliyati reytingida oxirgi o‘rinlarda qayd etildi.
Opensignal servisi dunyo mamlakatlarining mobil tarmog‘i faoliyati bo‘yicha yangi reytingini taqdim etdi. Unga ko‘ra, internet tezligi bo‘yicha eng oxirgi o‘rinlarni Iroq (1,6 Mbit/s), Jazoir (3,1 Mbit/s), Nepal (4,4 Mbit/s) va O‘zbekiston (5 Mbit/s) egalladi.
Reytingda internet eng yaxshi faoliyat ko‘rsatuvchi mamlakatlar sifatida Janubiy Koreya, Norvegiya va Kanada e'tirof etildi.
Opensignal reytingiga ko‘ra, internet tezligi bo‘yicha oxiridan to‘rtinchi o‘rinda qayd etilgan O‘zbekiston 4G tarmog‘idan foydalanish imkoni bo‘yicha eng oxirgi o‘rinni egallagan. Zero, ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatdagi o‘rta statistik abonent 49,9 foiz holatda 4G’ga kirish imkoniga ega. Bu borada yetakchilar – Janubiy Koreya, Yaponiya va Norvegiya mamlakatlari.
Mavzuga oid
17:38 / 23.12.2024
O‘zbekiston jinoiy daromadlarni legallashtirish reytingida 81-o‘rinni egalladi
08:15 / 14.12.2024
Toshkent 200-o‘rinda: xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
17:36 / 10.12.2024
XMT Markaziy Osiyodagi ishsizlik darajasi bo‘yicha ma’lumot berdi
01:51 / 10.12.2024