O‘zbekiston | 10:47 / 01.06.2019
24319
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori tayinlandi

Hukumat qarori bilan Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining rektori tayinlandi. 

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, bundan buyon O‘ktam Rahimovich Salomov Turin politexnika universiteti rahbari sifatida ish olib boradi.

O‘ktam Salomov.
Foto: andmiedu.uz

Qayd etilishicha, U.Salomov bungacha Andijon mashinasozlik institutining rektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Bundan oldin, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 27 maydagi PQ-4339-sonli qarori bilan Kongratboy Sharipov Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi

K.Sharipov 2017 yildan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori sifatida ishlagan.

Mavzuga oid