Shavkat Mirziyoyev: «Xatoni kechiraman, xiyonatni kechirmayman»
Toshkent viloyati hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlangani xabar qilingandi.
Toshkent viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, yig‘ilish keskin tanqidiy ruhda bo‘lib o‘tmoqda. Kadrlar siyosati, viloyatning geografik tuzilishi, qoloqlik keskin tanqid qilinmoqda. Prezident ayrim tuman va shahar rahbarlarini iqtisodni umuman tushunmasligini kuyunib ta'kidlagan.
«Xatoni kechiraman, xiyonatni kechirmayman. Pora oldimi, tamom, u qamaladi. Men bugun taklif eshitgani kelganman. Menga maqtov kerakmas», - deydi davlat rahbari.
Shuningdek, prezident Suriyadan olib kelingan o‘zbekistonliklar haqida ham gapirdi.
«Kecha Suriyadan kelgan 15 yashar qiz ona bo‘lgan. Qani uning otasi? Qizning ota-onasi qayerda? Birorta nuroniy yo‘q! Achchiq-achchiq gap aytinglar. Ularni Vatanga olib kelishning o‘zi bo‘lgani yo‘q. Faqat qarsak, qarsak, ura-ura... Birorta shoir chiqmadi: Uyg‘onaylik endi, deb...», - dedi davlat rahbari.
Mavzuga oid
16:16 / 24.12.2024
O‘zbekiston va Ozarboyjon prezidentlari telefon orqali suhbatlashdi
09:27 / 24.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyuradi
20:43 / 23.12.2024
Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi
23:07 / 21.12.2024