«Tafakkur qilmaysizmi?..»: Suvning ilohiy ne'matligi haqida dalillar
“Tafakkur qilmaysizmi?..” ko‘rsatuvining galdagi, uchinchi sonida Alloh taoloning o‘z maxluqotlariga in'om etgan ulkan ne'mati – suv haqida so‘z boradi.
Ulamolarning fikricha, shukr iymonning yarmidir. Hatto aytiladiki, shukr iymonning hammasi. Sababi, sabr qilishlikka qodir qilgani uchun ham shukr qilishimiz kerak. Shukrimizning o‘zi shukrga muhtoj. Shukrning uchta rukni bor ekan. Birinchisi, qalb shukri. Ikkinchisi, til bilan shukr qilishlik. Uchinchisi, tana a'zolari bilan shukr qilishlikdir.
Qalb bilan shukr qilishlik deganida, insonga hayoti davomida keladigan jamiki narsalar Alloh tomonidan berilganligini va bularning hammasi ne'mat ekanligini qalban his qilishlik, bu qalb shukri deyilar ekan. Qalbda sobit bo‘lgan har qanday narsa tilga chiqadi. Shu sabab qalbdagini tilga ko‘chirib, Allohga shukr deyishlik, til shukri deyilar ekan. Uchinchi ruknga keladigan bo‘lsak, mana shu ne'matlarni Alloh rozi bo‘ladigan o‘ringa sarf qilishlikka aytiladi.
Alloh taoloning maxluqotlari va mavjudotlari haqida tafakkur qilishlik, bizni ne'matlarning ichida ko‘milib yashayotganligimizni his qilishimizga yordam berar ekan. Va bu o‘z o‘rnida shukrning hosil bo‘lishiga ko‘maklashar ekan. Allohning ana shunday ne'matlaridan biri – bu suvdir.
Suv – kundalik hayotimizda eng odatiy bo‘lgan narsalardan biri. Uni har kuni iste'mol qilamiz, tanamizdagi barcha hujayralar u bilan oziqlanadi, u bilan quvvatlanadi. Dunyodagi barcha mavjudotlar suvdan yaralgan, mana shu suvdan iborat va u bilan tirik. Ma'lumki, barcha tirik mavjudotlar hujayralardan tashkil topgan. Biologiya fanidan bizga ma'lumki, hujayraning 80 foiz asosiy moddasi – suv deb ta'riflanadi. Barcha tirik narsalarning suvdan iboratligi faqatgina mikroskop ixtiro qilingandan keyin ma'lum bo‘lgan.
Suvsiz hayot yo‘qligini hamma biladi, lekin tafakkur qilib ko‘rganmizmi, u xonadonimizga qaysi jarayonlardan o‘tib keldi? Quyosh dengiz suvini o‘z nuri ila qizdiradi. Va dengizning sathidagi suv bug‘lanib osmonga ko‘tariladi. Ya'ni, shamol suvni osmonga ko‘tarib, bulutga urchitadi. (Qur'oni karimda ayni “urchitish” so‘zi ishlatilgan). Shundan so‘ng bulutlar suvga to‘lib og‘irlashadi va shamol uni kerakli joyga haydaydi hamda u yerga yomg‘ir bo‘lib quyiladi.
Suv o‘lik bo‘lgan yerga tushganidan keyin, tuproq harakatga kelishni boshlaydi. undan turli xil o‘simliklar chiqishni boshlaydi, mevalar unadi. Osmondan tushayotgan suv bir xil, ammo mevalarning ta'mi har xil. Ayrimlari shirin, ayrimlari achchiq.
Zamonaviy olim va mutaxassislarning fikricha, suv haqidagi topilmalarning eng kattasi – uning xotirasi borligining aniqlanishidir. Ya'ni, suv ma'lumot yozish xususiyatiga ega. Ko‘rgan, eshitgan va hatto hissiyotlarni o‘zida aks ettiradi. Suvning oldida biror mudhish hodisa yuz bersa, bularning bari uning xotirasiga yozilar ekan. Bu suv tarkibidagi molekulalarning o‘zgarishi bilan aks etadi.
Ko‘rsatuvning mazkur sonida suvning biz bilmagan xususiyatlari, uning ulkan ne'mat ekanligini isbotlovchi bir qancha mushohadalar, shu bilan birga, qiziqarli faktlar haqida so‘z yuritiladi.
Mavzuga oid
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
12:10 / 20.11.2024
O‘zbekistonda foydalaniladigan suv resurslari 90 foizi qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri kelyapti
08:48 / 08.11.2024
Suv tannarxi oshib ketayotgan hududlar ma’lum qilindi
21:48 / 28.10.2024