O‘zbekiston | 21:27 / 21.06.2019
82118
2 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev elektrenergiya narxini oshirish zarurligi haqida gapirdi

O‘zbekistonda elektr energiyasi narxlarini liberallashtirish zarur. Bu sohaga xorijiy investorlarni jalb etish uchun narxlarni ko‘tarish kerak. Prezident Mirziyoyev Senatning 20-yalpi majlisida qilgan ma'ruzasida shu kabi fikrlarni bildirdi, deb xabar qiladi Kun.uz muxbiri.

«Biz elektr energiyasi narxlarini liberallashtirishimiz zarur. Biz juda boy mamlakatmiz, ammo barcha imkoniyatlarimizdan to‘g‘ri foydalanmayapmiz. Ko‘plab investorlar energetika sohasiga mablag‘ kiritishni xohlamoqda, ammo ularni energiya narxi ham qiziqtirmoqda. 

Biz narxlarni oshirmas ekanmiz, tadbirkorlar bu sohaga sarmoya kiritmaydi. Murakkab bo‘ladi. Bu ko‘plab sohalarga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Ayniqsa aholiga qiyin bo‘ladi. Lekin biz shunday choralarni ko‘rishga majburmiz», - deya ta'kidladi Prezident o‘z nutqida. 

Eslatib o‘tamiz, tabiiy gaz va elektr energiyasi narxlari joriy yil 1 iyundan oshishi kerak edi. Biroq, kutilmaganda Moliya vazirligi narxlar oshirilmasligi haqida ma'lum qildi. 

«Tabiiy gaz va elektr energiyasi narxlari oshadi, lekin 1 iyundan emas. Biz vaqtincha narxlarni oshirishni to‘xtatdik», - degan edi Moliya vaziri. 

Mavzuga oid