O‘zbekiston | 12:42 / 09.07.2019
63077
2 daqiqa o‘qiladi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chinoz tuman sudi raisi qo‘lga olindi 

Foto: KUN.UZ

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chinoz tuman sudi raisi qo‘lga olindi. Bu haqda Kun.uz’ning huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi manbasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Chinoz tuman sudi raisi M. X. 5 iyul kuni o‘z xizmat xonasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ushlangan. 

Manba ma'lumotiga ko‘ra, sud raisi 3 000 AQSh dollari miqdorida pora olishda ayblanmoqda. 

Bildirilishicha, M.X.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning besh oyida turli lavozimlardagi 417 mansabdor shaxsga 420ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 206ta jinoyat ishi bo‘yicha 284 mansabdor shaxs javobgarlikka tortilgan

Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdorlarning 21 nafari pora olish, 11 nafari pora berish jinoyati uchun javobgar bo‘lgan.

Mavzuga oid