O‘zbekiston | 00:40 / 14.07.2019
32465
2 daqiqa o‘qiladi

Abituriyentlar endi onlayn hujjat topshirishlari mumkin

Foto: KUN.UZ

Oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshirayotgan talabalar uchun yangi qulaylik paydo bo‘ldi. Endi ular yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali hujjat topshirishlari mumkin.

My.gov.uz portalida onlayn hujjat topshirish oynasi paydo bo‘ldi. Endi abituriyentlar mana bu havola orqali navbatda turmasdan 5ta OTMga (TDYuU, SamDU, QDU, FarDU, GulDU) onlayn hujjat topshirishlari mumkin.

My.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tish 5 qadamdan iborat:

1-qadam. Pasport, yashash manzili va telefon ma'lumotlarini to‘ldirish.
2-qadam. Tugatgan ta'lim muassasi haqida ma'lumotlarni kiritish (kollej, litsey yoki maktab).
3-qadam. Ta'lim shakli (kuduzgi, kechgi, sirtqi), ta'lim tili va test topshirish grafikasini belgilash.
Shuningdek, mazkur qadamda ustuvorlik asosida 3 tagacha oliy ta'lim muassasasi va ta'lim yo‘nalishi tanlanib, chet tili va test topshirish hududi belgilanadi.
4-qadam. So‘rovnoma (Qayd etilgan ma'lumotlar to‘g‘riligini tasdiqlash).
5-qadam. Davlat bojini to‘lash.

Qayd etish kerakki, mamlakatdagi barcha OTMlarga hujjat topshirishda yuzaga kelayotgan navbatlarga DTM sayti qotib qolayotgani keltirilayotgandi.

Davlat xizmatlari markazlarida ham katta navbatlar paydo bo‘lgani esa qo‘shimcha murakkablik tug‘dirayotgandi. My.gov.uz saytida onlayn hujjat topshirish bu boradagi murakkabliklarni yengillashtirishi kutilmoqda.

Mavzuga oid