Hukumat 8ta bankni xususiylashtirishga tayyorgarlik qilmoqda
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 8ta aksiyadorlik tijorat bankning bir qismi xususiylashtirishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbari Ahadbek Haydarov Kun.uz'ga ma'lum qildi.
Haydarovning aytishicha, Aloqa, O'zsanoatqurilishbank, Turon, Asaka ATB 25 foiz aksiyalari joriy yilning kuz oylarida erkin bozorda sotilishi kutilmoqda.
«Ayni paytda bank aksiyalari ulushini baholash ishlari davom ettirilmoqda. Xususiylashtirish ikki bosqichda o‘tkazilishi nazarda tutilgan. Dastlab, ulushning 10 foizi savdoga chiqariladi. Birja savdosiga qarab, 15 foiz aksiyalar sotuvga qo‘yiladi», — deydi u.
Agentlik direktori Asaka va Aloqa ATB aksiyalariga Yevropada Tiklanish va taraqqiyot banki qiziqish bildirayotganini bildirdi. Shuningdek, Xalqaro moliya korporatsiyasi O'zsanoatqurilishbank ulushlarini sotib olishi mumkinligi aytildi.
Xalqaro moliya korporatsiyasining Direktorlar kengashi joriy yilning 2 iyul kuni Ipoteka bank ATIBga 35 mln. AQSh dollari ekvivalentida bank aksiyalariga ayirboshlanadigan kredit liniyasi ajratilishini ma'qullagandi.
Ayni paytda davlat ulushi yuqori bo‘lgan «Mikrokreditbank», «Xalq banki» va «Milliy bank» TIF haqida aniq qarorlar mavjud emas.
Mavzuga oid
08:52 / 07.01.2025
Uchta davlat bankini xususiylashtirish keyinroqqa qoldirildi
19:03 / 16.12.2024
Mahalla bankirlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
10:41 / 30.11.2024
Bankdagi tanishlari orqali tadbirkorga 10 mlrd so‘m ajratib berishini aytgan shaxslar ushlandi
08:51 / 29.11.2024