O‘zbekiston | 20:00 / 07.08.2019
80336
1 daqiqa o‘qiladi

Testning navbatdagi kuni: 80 yashar abituriyent, fosh qilingan «blutuslar»

7 avgust kuni Toshkent shahridagi «O‘zbekiston» sport majmuasida oliy o‘quv yurtlariga kirish davlat test imtihonining navbatdagi kuni bo‘lib o‘tdi. Unda 1940 yilda tavallud topgan abituriyent – Nikolay Staxanov ham imtihon topshirdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Bundan tashqari, ushbu binoda bo‘lib o‘tayotgan test imtihonlari vaqtida test topshirish qoidalarini buzgan 4 abituriyent imtihonlardan chetlashtirilgan. Xususan, ularning ikki nafarida mobil qurilmadan foydalanish uskunalari topilgan. Ikki abituriyent boshqa bir abituriyent o‘rniga kirishga uringan. 

Quyidagi 7 avgust kungi test jarayonidan olingan fotosuratlar bilan tanishishingiz mumkin.

Mavzuga oid