Almazbek Atamboyevni qo‘lga olish bo‘yicha ikkinchi amaliyot boshlandi
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevni qo‘lga olish bo‘yicha yangi amaliyot boshlandi. Bu haqda Knews xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari Atamboyevning tarafdorlariga nisbatan maxsus vositalardan foydalanmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, kuchishlatar tuzilmalar xodimlari Almazbek Atamboyevning Qo‘y-Toshdagi qarorgohini o‘rab olishgan. Xodimlar bir qismi qarorgoh ichiga kirgani, Atamboyev tarafdorlaridan bir guruhi esa voqea joyidan uzoqlashgani aytilmoqda.
Poytaxt Bishkekda esa savdo markazlari, do‘konlar yopilishni boshlagan. Bunga Atamboyev tomonidan e'lon qilingan muddatsiz miting sabab bo‘lishi mumkin.
Guvohlarning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, kuchishlatar xodimlar Bishkekdan Qo‘y-Tosh qishlog‘iga olib boruvchi yo‘lni to‘sib qo‘yishgan.
Bundan oldin, Qo‘y-Tosh qishlog‘ida militsiya xodimlari va sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuv boshlangandi.
Mavzuga oid
18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024