O‘zbekiston | 10:18 / 15.08.2019
261376
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda elektr energiyasi, gaz va benzin narxi oshdi

O‘zbekistonda 15 avgustdan boshlab elektr energiyasi, tabiiy gaz, benzin va dizel yoqilg‘isining yangi narxlari kuchga kirdi.

Adliya vazirligi Telegram-kanalida xabar qilinishicha, 15 avgustdan boshlab aholiga yetkazib berilayotgan tabiiy gazning bir kubometri, hisobga olish priborlari mavjud bo‘lsa, 380 so‘m yoki 0,04 dollarni tashkil etdi (bungacha - 320 so‘m, o‘sish 18,7%). Hisobga olish priborlari mavjud bo‘lmaganda, ovqat tayyorlash va issiq suv ta'minoti uchun gazning bir kubometri 660 so‘m yoki 0,07 dollarni tashkil etadi (bungacha - 553 so‘m, +19,3%), isitish uchun - 380 so‘m yoki 0,04 dollar (bungacha - 320 so‘m, +18,7%).

Maishiy ehtiyojlar uchun aholiga sotiladigan 1 kg suyultirilgan gaz uchun - 1120 so‘m ($0,12). Bungacha 950 so‘m edi (17,8%).

Elektr energiyasi maishiy iste'molchilar uchun 1 kVt/soat - 295 so‘m (bungacha 250 so‘m) yoki $0,03 (+18%). Iste'molchilarning boshqa toifasi uchun 1 kVt/soat - 450 so‘m.

O‘zbekistonda 15 avgustdan benzin uchun yangi narxlar:

AI-80 - bir litr uchun 4 500 so‘m yoki $0,5 (+500 so‘m);
Dizel yoqilg‘isi - bir litr uchun 5400 so‘m yoki $0,6 (+600 so‘m);
EKO dizel yoqilg‘isi - bir litr 5700 so‘m yoki $0,63 (+1200 so‘m).

So‘nggi bor benzin va dizel yoqilg‘isi, shuningdek, gaz hamda elektr energiyasiga narxlar o‘tgan yilning noyabr oyida oshgandi.

Eslatib o‘tamiz, 1 avgustdan O‘zbekistonda eng kam ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori o‘rtacha 10 foizga ko‘tarildi.

Mavzuga oid