Ukraina va Rossiya asirlarni almashishdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Donbassdagi urushni yakunlashning birinchi bosqichi bo‘yicha erishilgan kelishuv bajarilganini ma'lum qildi.
"Birinchi bosqich amalga oshdi, deb hisoblayman. Men, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bergan va'dalarimizni hech bir o‘zgartirishlarsiz bajardik", - dedi Zelenskiy.
"Biz dastlabki qadamni qo‘ydik, qolgan barchasi bu qadam ortida... Buyog‘iga nima qilish kerakligini bilishimizga ishonchim komil. Biz barcha asirlarni qaytarishga yaqinlashamiz", - deb ta'kidladi u.
Ukraina prezidenti yaqin vaqt ichida "normandcha shakl"dagi muzokaralar o‘tkazilishiga umid bildirdi.
Avvalroq Rossiya va Ukraina "35 ga 35" ko‘rinishida o‘zaro mahbuslar almashishgandi.
Mavzuga oid
22:34
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:22
Frontdagi vaziyat: Rossiya va KXDR qo‘shinlari Kursk oblastida yurishning yangi to‘lqinini amalga oshirmoqda
21:42 / 23.12.2024
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
22:14 / 21.12.2024