O‘zbekiston | 16:00 / 18.09.2019
42052
2 daqiqa o‘qiladi

Bahrom Ashrafxonov yangi lavozimga tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 sentyabrdagi 780-sonli qarori bilan Bahrom Bahodirovich Ashrafxanov O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan u moliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.

Bahrom Ashrafxanov 1969 yilda tug‘ilgan, 1993 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1994 yilda Amerika Qo‘shma Shtatlari Kentukki universitetini xalqaro valuta-kredit munosabatlari, davlat moliyasi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

U 1994−1998 yillarda — AIG Trading Group’ning Markaziy Osiyodagi vakili, 1998−2000 yillarda — UzAIG O‘zbekiston-Amerika sug‘urta kompaniyasi bosh menejyeri, 2000−2002 yillarda — Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, 2002-2004 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari – Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

2005-2007 yillarda moliya vazirining birinchi o‘rinbosari, 2007-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi boshlig‘i – moliya vaziri o‘rinbosari bo‘lgan.

2016-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2018-2019 yillarda «O‘zbekneftegaz» AJ boshqaruv Raisi vazifasini bajaruvchi​si bo‘lgan.

2019 yil fevralidan O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri ijtimoiy soha masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Bundan avvalroq, Ahadbek Yahyobekovich Haydarov moliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.

Mavzuga oid