Sport | 01:06 / 24.09.2019
20833
2 daqiqa o‘qiladi

Lionel Messi yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Foto: FIFA

FIFA yilning eng yaxshi futbolchisi nomini e'lon qildi.

Bu sovrin «Barselona» va Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messiga nasib etdi. Messi o‘tgan mavsumda Kataloniya klubi bilan Ispaniya La Ligasi va Ispaniya Kubogi g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Sovringa da'vogarlar orasida Virjiyl van Deyk («Liverpul», Niderlandiya) va Krishtianu Ronaldu («Yuventus», Portugaliya) ham bor edi.

1. Lionel Messi («Barselona») — 46 ball

2. Virjiyl van Deyk («Liverpul») — 38 ball

3. Krishtianu Ronaldu («Yuventus») — 36 ball

4. Muhammad Saloh («Liverpul») — 26 ball

5. Sadio Mane («Liverpul») — 23 ball

6. Kilian Mbappe («PSJ») — 17 ball

7. Frenki de Yong («Ayaks»/«Barselona») — 16 ball

8. Eden Azar («Chelsi»/«Real») — 16 ball

9. Matteys de Ligt («Ayaks»/«Yuventus») — 9 ball

10. Harri Keyn («Tottenxem») — 5 ball

Mavzuga oid