O‘zbekiston | 13:51 / 01.10.2019
36050
2 daqiqa o‘qiladi

Sodiq Safoyev iqtisodiyot haqida: «O‘zbekiston o‘shanda arosatda qolib ketdi» 

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonda avvalboshdan iqtisodiy rivojlanishning konsepsiyasi ishlab chiqilmadi. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev The Uzbek Review nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Biz boshidan iqtisodiy rivojlanishni konseptual, ya'ni dasturiy nuqtai nazardan ishlab chiqmadik. O‘zbekiston arosatda qolib ketdi: na sotsialistik tizimni saqlab qoldi, na chinakam bozor iqtisodiyotiga o‘tdi, na o‘zini tashqi bozorlarga ochdi va na ichki tizimni mukammal rivojlantirdi. Arosatda qolib ketganligi iqtisodiy rivojlanishning aniq dasturi yo‘qligida bilindi”, - deydi Sodiq Safoyev.

Uning aytishicha, agar bozor iqtisodiyotiga o‘tiladigan bo‘lsa, unda, birinchi navbatda, xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish, xususiy mulk daxlsizligini ta'minlash, tashqi investorlar uchun muhit yaratilishi, moliyaviy tizim shunga bog‘lanishi kerak. 

“Afsuski, biz shuni uddalay olmadik. Bunda barchaning ulushi bor, shu jumladan, qonunchilik, hukumat faoliyati nuqtai nazaridan ham. Jamiyat qanday rivojlanadi? Uning dasturi yo‘qligi, strategik manzillarni qo‘ymaslik, faqatgina bugungi kundagi masalalarga yechim topib kelish mamlakat islohotlarni izchillik bilan olib bormaganligini ko‘rsatdi. Mana endi bizda birinchi shunday urinish bo‘ldi - 5 yillik strategiya yaratildi”, - dedi Senat raisining birinchi o‘rinbosari. 

 

Mavzuga oid