Qirg‘izistonda Putin va Lenin haykallari o‘rnatildi
Qirg‘izistondagi ZIL tog‘-chang‘i kurorti hududida Chingiz Aytmatov, Vladimir Lenin va Vladimir Putinning bronza haykallari o‘rnatildi.
Kurort poytaxt Bishkek shahridan 35 km masofada joylashgan. Hozir yangi haykallar o‘rnatilgan joyda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
24.kg agentligi xabariga ko‘ra, Putinning haykali yoniga minnatdorchilik izhori bitilgan toshlavha qo‘yilishi ham rejada bor.
Kaktus.media'ning qayd etishicha, ko‘plab qirg‘izistonliklar Putin monumenti uchun joy yaxshi tanlanmaganini aytmoqda. Boisi haykal hojatxonaga yaqin joyga o‘rnatilgan.
Ma'lumot uchun, 2018 yil may oyida Rossiyaning Qozog‘istonga chegaradosh Qo‘rg‘on oblastida «Vatanga xizmat» yodgorligi ochilgan.
Dastlab yodgorlik markazida Vladimir Putinning monumenti o‘rnatilgan, ammo yodgorlik ochilishiga 2 kun qolganda monument olib qo‘yilgan. O‘shanda Rossiya davlat dumasi deputati Aleksandr Iltyakovning tashabbusi bilan qilingan loyiha prezident administratsiyasining qarshiligi bilan chala qolgan edi.
Mavzuga oid
15:59
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
07:50 / 24.12.2024
Anapa aholisi mazut to‘kilishi sababli Putinga murojaat bilan chiqdi
18:02 / 23.12.2024