O‘zbekistonda neft va gaz konlarining umumiy zaxirasi haqidagi ma'lumot ochiqlandi
Bugungi kunda respublika bo‘yicha jami 275ta neft va gaz konlari ochilgan bo‘lib, ularning umumiy zaxirasi 2,4 mlrd. tonna shartli yonilg‘ini tashkil qiladi.
"O‘zbekneftgaz" matbuot xizmatiga ko‘ra, respublikada uglevorod xomashyo bazasi barqarorligini ta'minlash, qazib olinayotgan neft va gaz mahsulotlari o‘rnini to‘ldirish maqsadida, Ustyurt, Buxoro-Xiva, Hisor, Surxondaryo va Farg‘ona neft-gazli hududlarida geologiya qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Prezidentning 2017 yil 3 noyabrdagi PQ-3372 qarori doirasida amalga oshirilgan geologiya-qidiruv ishlar natijasida, 2017-2018 yillar hamda joriy yilning 9 oyi mobaynida 16 ta neft va gaz konlari ochildi va yer osti uglevodorod zaxiralari 171 mln. tonna shartli yonilg‘i hajmida o‘stirildi.
Ma'lumot uchun: 16ta kondan, 4tasi Ustyurt mintaqasida (Beshqala, Quyi Surgil, Kushkair, Oraliq), 2tasi Farg‘ona mintaqasida (Uchtepa, Chakar), 10tasi Buxoro-Xiva mintaqasida (Topichaksoy, Marvarid, Shortak, Chordarbaza, To‘maris, Andakli, Janubiy Kulbeshkak, Yormoq, Do‘ltatepa, Shorkum).
Joriy yil yakuni bilan yer osti uglevodorod zaxiralarini 53 mln. tonna shartli yonilg‘i hajmida o‘stirish rejalashtirgan, bu borada bugungi kunda geologiya qidiruv ishlari Ustyurt mintaqasining markaziy qismida (Alpomish, Ultan, Arslon va b.q), Buxoro-Xiva mintaqasining g‘arbiy qismida (To‘maris, Andakli, Janubiy Kulbeshkak, Sharqiy Xatar va b.sh), Farg‘ona mintaqasining janubiy qismida (Uchtepa, Chakar, Quyi Qashqarqir va b.sh) jadal ravishda olib borilmoqda.
Ma'lumotda aytilishicha, 9 oy mobaynida 5ta yangi kon ochildi (Kushkair, Oraliq, Chakar, Do‘ltatepa, Shortak) va yer osti uglevodorod zaxiralari 31 mln. tonna shartli yonilg‘i hajmida o‘stirildi.
Mavzuga oid
21:05 / 22.12.2024
Qatar Yevropaga gaz yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi
13:29 / 22.12.2024
Samarqandda tabiiy gaz va elektrdan qarzdorlikni yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan xodimlar ushlandi
15:57 / 21.12.2024
O‘zbekistonda gaz, neft va benzin ishlab chiqarish kamayishda davom etyapti
07:40 / 21.12.2024