O‘zbekiston | 19:55 / 07.11.2019
13583
1 daqiqa o‘qiladi
Pekin-Toshkent reysini bajargan samolyot favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi
“O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining Pekin-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY-502 reysini bajargan samolyoti Xitoyning Lanchjou Chjunchuan aeroportida rejalashtirilmagan oraliq qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda “Novosti Tashkenskogo neba” Telegram-kanalida xabar qilindi.
Shu sababli Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti Toshkent aeroportiga 4 soatlik kechikish bilan kelgan.
Favqulodda qo‘nishga yo‘lovchilardan birining o‘zini yomon his qilgani sabab bo‘lgan.
Ma'lum qilinishicha, uchuvchilarga bu haqida xabar qilingach, ular yo‘nalish bo‘yicha joylashgan eng yaqin aeroportga qo‘nishga qaror qilishgan.
Mavzuga oid
21:47 / 26.08.2024
Istanbuldan Samarqandga uchayotgan samolyot Turkiyada favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi
20:01 / 21.03.2024
«Aeroflot» samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi
14:31 / 16.04.2020
«O‘zbekiston havo yo‘llari» samolyotlari yuk tashuvchi sifatida qayta jihozlanmoqda
14:52 / 26.11.2019