O‘zbekiston | 23:49 / 06.12.2019
50823
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev 92 nafar mahkumni afv etdi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev qilmishidan chin yurakdan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat'iy o‘tgan ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayogan insonlar guruhini afv etish haqidagi farmonni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 27 yilligi va bosh qomusimizning 93-moddasi 23-bandiga ko‘ra ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan, biroq qilmishidan chin yurakdan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat'iy o‘tgan 92 nafar mahbus afv etilgan.

Afv etilganlardan 20 nafari jazodan to‘liq ozod etiladi, 37 nafari — shartli ravishdan muddatidan avval ozod etiladi, yana 16 nafar shaxsga nisbatan belgilangan jazo yengilrog‘iga almashtiriladi, bir so‘z bilan aytganda, jazoni ijro etish muassasalaridan hamda probatsiya xizmati organlari hisobidan chiqariladigan fuqarolar soni 73 nafarni tashkil etadi. Bundan tashqari, yana 19 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum etish ko‘rinishida belgilangan jazo qisqartiriladi.

Afv etilganlar orasida 3 nafar erkakning yoshi 60 dan ortiq, 3 nafar ayol bor. 79 kishi muqaddam taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etishgan.

Qarorni ijro etish doirasida vazirliklar va idoralarga afv etilgan shaxslarga oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytish, ijtimoiy moslashuv, foydali mehnatga jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini tanlash va jamiyatda munosib o‘rin egallashda yordam ko‘rsatish vazifasi yuklatilgan.

Mavzuga oid