Qozog‘istonda milliy motam e'lon qilindi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Olmaotada yo‘lovchi samolyot halokatga uchrashi munosabati bilan umummilliy motam e'lon qildi.
«Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Olmaota yaqinida yo‘lovchi samolyoti qulashi oqibatida odamlar halok bo‘lgani sababli 2019 yilning 28 dekabrini milliy motam kuni deb e'lon qildi», deya xabar bergan prezidenti matbuot kotibi Berik Uali.
Bugun tongda Olmaotadan Nur-Sultonga uchmoqchi bo‘lgan Bek Air aviakompaniyasiga tegishli samolyot havoga ko‘tarilish vaqtida balandlikni yo‘qotib, beton to‘siqni buzib o‘tgan va ikki qavatli imoratga borib urilgan, shundan so‘ng aholi turar joylari hududiga qulagan.
Hozircha qurbonlarning aniq soni ma'lum emas. Olmaota aeroporti ma'lumotiga ko‘ra, samolyotda bo‘lgan yo‘lovchilarning kamida 60 nafari omon qolgan. Interfaks aeroportdan shifoxonaga olib ketilgan yo‘lovchilar ro‘yxatini keltirgan. Samolyotda jami 93 yo‘lovchi va ekipajning 5 nafar a'zosi bo‘lgan.
Qozog‘iston favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mitasi hodisa oqibatida 12 kishi halok bo‘lgani va 49 kishi jarohatlanganini tasdiqlagan. Mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Roman Sklyar shifoxonaga yotqizilganlarning 18 nafari og‘ir ahvoldaligini ma'lum qilgan. 12 qurbonning 8 nafari voqea joyida vafot etgan, 2 kishi aeroport hududida bo‘lib turganida, yana 2 kishi shifoxonada jon bergan.
Shu bilan birgalikda, tibbiyot xodimlari 15 kishi vafot etgani haqida ma'lumot berishgan.
Almaty airport, Kazakhstan, has published a list of 60 passengers it says survived and are being treated in hospital after a plane crash this morning. 100 people were on board, including crew. The Bek air flight reportedly lost height soon after take off. pic.twitter.com/oBBSBfzCKj
— Sarah Rainsford (@sarahrainsford) December 27, 2019
Havo kemasi komandiri voqea joyida halok bo‘lgan, ikkinchi uchuvchi ayni vaqtda og‘ir ahvolda shifoxonada qolmoqda. Samolyot «qora qutisi» topilgan va tekshirish uchun mutaxassislarga yuborilgan.
Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, samolyot yo‘lovchilari orasida Ukraina, Qirg‘iziston va Xitoy fuqarolari ham bo‘lgan.
Sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot kotibi Tleuxan Abildayevning ma'lumotiga ko‘ra, aeroportdan jami 66 kishi shifoxonaga olib borilgan, ularning 50 nafari shifoxonaga yotqizilgan.
Samolyotda halokatdan keyin yong‘in chiqmagan, lekin Reyter agentligi muxbiri hodisa joyi quyuq tuman paydo bo‘lganini xabar qilgan.
Bek Air #Z92100 crashed shortly after takeoff from Almaty this morning. Preliminary ADS-B data is available at https://t.co/mZRiDsJVkx. We are currently retrieving and processing granular ADS-B data for this flight. pic.twitter.com/n0G5sujqiM
— Flightradar24 (@flightradar24) December 27, 2019
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev halokat qurbonlarining yaqinlariga hamdardlik bildirgan va barcha aybdorlar qat'iy jazolanishini ma'lum qilgan.
«Fokkerlar» parvozi to‘xtatildi
Bek Air aviakompaniyasi parkidagi o‘rta masofaga uchuvchi Fokker 100 rusumli samolyotlar Niderlandiyada ishlab chiqarilgan. Halokatdan keyin Qozog‘iston hukumati bu tipdagi laynerlar parvozi to‘xtatilganini e'lon qildi. Shuningdek, Bek Air aviakompaniyasi faoliyati ham to‘xtatildi.
Fokker 100 samolyoti 107 nafargacha yo‘lovchi sig‘dira oladi, u Fokker F28 samolyoti asosida qurilgan. Fokker 100 samolyoti ilk bor 1986 yilning 30 noyabrida parvozga chiqqan.
Bu rusumli samolyotdan jami 283ta ishlab chiqarilgan, samolyot ishlab chiqaruvchisi 1996 yilda bankrotga uchragan.
Bu tipdagi samolyotlardan ko‘plab yirik aviakompaniyalar, jumladan Alitalia, Lufthansa, KLM, Swiss va boshqalar ham foydalanadi.
Bugun qulab tushgan samolyotning birinchi parvozi 1996 yilning aprelida amalga oshirilgandi, u 23,5 yil oldin ishlab chiqarilgan.
Mavzuga oid
23:10 / 23.12.2024
Rossiya Qozog‘istonda 7 mln dollarlik firibgarlik ishida ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qildi
17:57 / 23.12.2024
Qozog‘istonda yo‘lda buzilib qolgan avtobusdan o‘zbekistonliklar qutqarildi
20:04 / 21.12.2024
G‘oyib bo‘lgan mashinalar ishi: asosiy figurant Abdulla Abdurasulovning sheriklari qamaldi, uning o‘zini tergovchi qo‘yib yuborgan
15:00 / 18.12.2024