O‘zbekiston | 15:11 / 29.12.2019
34221
2 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov: «Tolibon harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor»

Foto: Xalqaro press-klub

27 dekabr kuni Xalqaro press klubning saylov xulosalariga bag‘ishlangan navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ishtirok etdi va Afg‘oniston masalasida fikr bildirdi.

«Bugun ertalab (27 dekabr) xabar keldi, Tolibonlar urush, qurol ishlatishni va zo‘ravonlikni to‘xtatishga tayyorligini bildirdi. Ushbu qaror Afg‘oniston hukumati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni boshlashga yo‘l ochib berishi mumkin. Bu masalani muhokama qilish uchun ikki tomondan delegatsiyalar shakllantiriladi», degan u. 

Shu bilan birgalikda vazir muzokaralar uzoq davom etishini aytib o‘tgan.

«Biroq bu bilan Afg‘onistonda tinchlik birdan o‘rnatiladi deb bo‘lmaydi, chunki muzokaralar uzoq davom etadi va umid qilamizki, bir yechimga kelinadi. Shuni ta'kidlash ham kerakki, O‘zbekiston afg‘on xalqiga yordam berishga va tinchlik o‘rnatish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashga hamisha tayyor», deya qayd etgan u.

Eslatib o‘tamiz, 8 avgust kuni TIVda Tolibon harakatining Dohadagi siyosiy ofisi rahbari Barodar Oxund boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazilgandi.

Mavzuga oid