Jamiyat | 11:15 / 22.01.2020
29911
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda jangovar holatda bo‘lgan qurol topildi

Foto: Tergov departamenti

Samarqandda jangovar holatda bo‘lgan qurol topildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarida aytiladi.

Qayd etilishicha, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishi doirasida, shu yil 17 yanvar kuni taxminan soat 13:00larda, Samarqand viloyatining Payariq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning uyida o‘tkazilgan tintuv tergov harakati jarayonida, mato bo‘lagiga bog‘langan holatda 16,4 gr. opiy (ko‘knor) giyohvandlik vositasi hamda yotoqxonadagi sandiqning ichidan tegishli hisobga qo‘yilmagan, ekspertiza xulosasiga ko‘ra jangovar holatda bo‘lgan bir dona MS-20 rusumli qo‘sh otar qurol va 3 dona o‘qlar qonunga xilof ravishda saqlab kelinayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Payariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi va 248-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid