O‘zbekiston | 17:07 / 11.02.2020
49520
2 daqiqa o‘qiladi

1 apreldan Toshkentda uy olish uchun propiska talab qilinmasligi mumkin

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonda propiska tizimini isloh qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida aytilgan.

Qayd etilishicha, bu boradagi tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi 2020 yil 1 aprelga qadar ishlab chiqiladi. Ijro uchun mas'ullar - Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, IIV, TIV, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar.

Loyihalarda:

2020 yil 1 apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulkka ega bo‘lishda doimiy propiska mavjudligi haqidagi talabni bekor qilish;

O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi va respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxslardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulkni oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun undiriladigan davlat bojining alohida stavkasini bekor qilish;

ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda, asosiy ishchi kuchi yashaydigan va ish o‘rinlari yaratilayotgan hududlar o‘rtasida tafovutni bartaraf etish va ichki migratsiyani erkinlashtirish nuqtai nazaridan, propiska tizimini isloh qilish nazarda tutiladi.

Mavzuga oid