Jamiyat | 12:22 / 02.03.2020
64941
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda ko‘chani yalang‘och kezgan yigitlar 15 sutkaga qamaldi

Samarqand shahrining Sartepa massivida kechasi yalang‘och holda yurgan ikki yigit tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgandi

Foto: Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati

29 fevral kuni soat taxminan 23:00lar atrofida Samarqand shahridagi Turkiston va Amir Temur ko‘chalari kesishmasida yalang‘och holda ko‘chada yurgan shaxslar haqida ichki ishlar organlariga ma'lumot kelib tushadi.

Samarqand shahar IIO FMB xodimlari tomonidan ushbu shaxslar ushlanib, navbatchilik qismiga olib kelingan va ularning shaxsiga aniqlik kiritishgan.

Shahar ko‘chasida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan yurib, mayda bezorilik sodir etgan shaxslar — Jomboy tumanida tug‘ilgan 44 yoshli J.N va 28 yoshli O‘.T. ekani aniqlangan. Shuningdek, shu tumanda istiqomat qiluvchi 41 yoshli X.D. ularni o‘z avtomashinasiga mindirgan.

Samarqand shahar Ma'muriy ishlar bo‘yicha sudining 2020 yil 2 mart kunidagi qaroriga asosan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik)da ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganliklari uchun, fuqaro J.N.ga 15 sutka, fuqaro O‘.T.ga 15 sutka, fuqaro X.D.ga 10 sutka muddatga ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Mavzuga oid