O‘zbekiston | 23:18 / 23.03.2020
171541
2 daqiqa o‘qiladi

Qaysi viloyatda qancha odam uy karantiniga olingani ma'lum bo‘ldi

Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov O‘zbekistonda karantinga olingan shaxslar soniga oid raqamlarni ochiqladi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Joriy yilning 27 fevralidan 22 martiga qadar respublikaga chegara orqali kirib kelgan 837 ming nafar fuqaro [birlamchi] tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shundan, epidemik vaziyat noxush bo‘lgan davlatlardan kelgan 19 479 nafar shaxs 14 kunlik tibbiy karantinga olingan.

Hozirgi kunga kelib, ulardan 6 748 nafari Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlarining xulosalari asosida karantindan yechilgan, qolgan 12 731 nafari tibbiy kuzatuvda qolmoqda. Ulardan 7 416  nafari tibbiyot maskanlarida, 5 315 nafari uy sharoitida karantin o‘tamoqdalar», dedi G‘iyosov.

IIV rasmiysi qaysi hududda qancha odam uy karantiniga olinganiga ham oydinlik kiritdi:

  • Toshkent shahrida – 1 794 nafar
  • Toshkent viloyati – 783
  • Navoiy v. – 380
  • Buxoro v. – 373
  • Jizzax v. – 336
  • Namangan v. – 311
  • Surxondaryo v. – 262
  • Samarqand v. – 250
  • Xorazm v. – 218
  • Qashqadaryo v. – 202
  • Andijon v. – 170
  • Farg‘ona v. – 157
  • Qoraqalpog‘iston – 44
  • Sirdaryo v. – 35.

«Ularning barchasi, ya'ni 5 315 nafari hududiy profilaktika inspektorlari tomonidan karantin qoidalariga qat'iy rioya etishi yuzasidan rasmiy ogohlantirildilar», dedi Shohruh G‘iyosov.

Eslatib o‘tamiz, 23 mart kunidan e'tiboran butun mamlakat bo‘ylab tibbiy niqobsiz harakatlanish taqiqlandi. 25 martdan ko‘chaga niqobsiz chiqqan fuqarolar jarimaga tortiladi.

Karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Mavzuga oid