O‘zbekiston | 09:28 / 24.03.2020
38006
1 daqiqa o‘qiladi

«Qamchiq» dovonida transport harakati to‘xtatildi

Faqatgina Farg‘ona vodiysidan boshqa viloyatlarda doimiy ro‘yxatda turuvchi fuqarolarga yashash manzillariga yetib olishlariga imkon beriladi

Foto: KUN.UZ

Farg‘ona vodiysini qo‘shni viloyatlar va chegaradosh davlatlar bilan bog‘lovchi barcha yo‘llarda vaqtinchalik karantin postlari tashkillashtirilganligi haqida xabar berilgan edi. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, hozirgi vaqtga kelib, xavfli virusning tarqalishini oldini olish maqsadida Farg‘ona vodiysini Toshkent shahri va boshqa viloyatlar bilan bog‘lovchi “Qamchiq” dovonida ham vaqtincha transport vositalari harakati cheklandi. 

Faqatgina Farg‘ona vodiysidan boshqa viloyatlarda doimiy ro‘yxatda turuvchi fuqarolarga yashash manzillariga yetib olishlariga imkon beriladi. 

“Fuqarolardan ushbu cheklovlarni to‘g‘ri qabul qilishlarini, olib borilayotgan tadbirlar va belgilangan tartiblarga qat'iy amal qilish orqali xavfli virusning respublikamizda tarqalishini oldini olishga o‘z hissalarini qo‘shishlarini so‘rab qolamiz!” - deyiladi xabarda.

Mavzuga oid