O‘zbekiston | 13:47 / 25.03.2020
144187
1 daqiqa o‘qiladi
Avtomobil boshqaruvida niqob taqmaslik mumkinmi?
Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov navbatdagi brifing chog‘ida avtomobil boshqaruvida tibbiy niqob taqish shartlari to‘g‘risida ma'lumot berdi.
«Siz o‘z avtomobilingizni boshqarayotganda tibbiy niqobsiz bo‘lishingiz mumkin, agar mashinada boshqa yo‘lovchi bo‘lmasa.
Agar taksida yo‘lovchi bo‘lsa haydovchi tibbiy niqobda bo‘lishi shart.
Agar mashinadagi yo‘lovchi qarindoshingiz yoki yaqin odamingiz bo‘lsa, aql bilan ish tutish kerak. Masalan, men hozir niqobdaman, chunki bu yerda odamlar ko‘p.
Jamoat joylarida hamisha boshqa odamlar bo‘ladi va tibbiy niqob taqish shart», deya Shohrux G‘iyosovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
19:09 / 08.12.2024
Gurjistonda ommaviy tadbirlarga niqob taqib borish taqiqlanadi
17:56 / 28.08.2024
AQShda jamoat joyida niqob taqqan yigit hibsga olindi
14:12 / 16.12.2022
IIV mas’ullaridan tizimdagi xodimlar og‘ir mehnat sharoiti va oylik maosh kamligi haqida so‘raldi
21:17 / 15.12.2022