Jahon | 06:48 / 11.04.2020
54299
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyaning 30 shahrida komendantlik soati joriy qilindi

Turkiyaning 30 shahrida koronavirus tarqalishining oldini olish chorasi sifatida komendantlik soati joriy qilindi. 

Foto: Anadolu

Turkiya jumhuriyatining 30 ta shahrida va Zonguldak provinsiyasining butun hududida koronavirusga qarshi kurash chorasi sifatida komendantlik soati joriy qilindi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar qilmoqda. 

Xabarda aniqlik kiritilishicha, mazkur chora 11 aprel yarim tundan 13 aprel 00:00ga qadar davom etadi. Ushbu 48 soatlik davrda belgilangan hududlar aholisi o‘z uylarini tark eta olishmaydi. 

Agentlikning qayd etishicha, ushbu chora poytaxt Anqara hamda mamlakatning eng yirik shahri – Istanbulga ham tatbiq etiladi. 

Mamlakat hukumati 3 aprelda yirik shaharlarga transport vositalari kirishi va chiqishini taqiqlagan edi. Bundan tashqari, 20 yoshdan kichiklarning uylarini tark etishlari ham mumkin emasligi e'lon qilingandi. 

Mavzuga oid