Facebook guruhli videoqo‘ng‘iroqlar xizmatini ishga tushirmoqda
Videoqo‘ng‘iroqlarda bir vaqtning o‘zida 50 nafargacha kishi qatnashishi mumkin.
Facebook guruhli videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkonini beruvchi Messenger Rooms xizmatini ishga tushirayotganini ma'lum qildi. Xabar qilinishicha, videoqo‘ng‘iroqlarda bir vaqtning o‘zida 50 nafargacha kishi qatnashishi mumkin, suhbatlashish vaqti chegaralanmagan.
Videokonferensiyani Facebook yoki Facebook Messenger akkauntlari orqali tashkil etish mumkin, bunda ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tmaganlar ham videoqo‘ng‘iroqqa qo‘shilishi mumkin.
Messenger Rooms ushbu haftada qator davlatlarda paydo bo‘lishi kutilmoqda, so‘ngra xizmat barcha foydalanuvchilar uchun ishga tushadi.
Kompaniya ushbu xizmat Instagram va WhatsApp messenjerida ham yo‘lga qo‘yilishini ma'lum qilgan. WhatsApp videokonferensiyalarida bir vaqtning o‘zida sakkiztagacha kishi qatnashishi mumkin bo‘ladi.
Avvalroq Telegram messenjeri guruhli videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasi ishga tushirilishi haqida e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
00:32
Meta kompaniyasi parollarni saqlashda xatolikka yo‘l qo‘ygani uchun 91 mln yevro jarimaga tortildi
22:51 / 05.03.2024
Facebook va Instagram butun dunyo bo‘ylab vaqtincha ishlamay qoldi
21:32 / 01.02.2024
Tsukerberg ijtimoiy tarmoqlar qurboni bo‘lgan o‘smirlarning ota-onasidan uzr so‘radi
18:54 / 20.05.2023