Fan-texnika | 07:51 / 03.05.2020
10764
1 daqiqa o‘qiladi
Everestda 5G aloqasi paydo bo‘ldi
Tibetda dunyodagi eng baland joylashgan 5G standartidagi mobil aloqa stansiyasi ishga tushdi. Ushbu stansiya dunyoning eng baland cho‘qqisi Everestni mobil aloqa bilan qoplashni ta'minlaydi.
Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, China Mobile mobil aloqa operatoriga tegishli stansiya dengiz sathidan 6500 metr balandlikda qurilgan. U Everestdagi tayanch lageri yaqinida joylashgan.
“Yangi stansiya avval 5300 va 5800 metr balandlikda qurilgan stansiyalar bilan birgalikda Everestning shimoliy tomoni va cho‘qqisining 5G signal bilan to‘liq qoplanishini ta'minlaydi”, deyilgan xabarda.
Mavzuga oid
08:39 / 13.05.2024
Nepallik sherpa Everestni zabt etish bo‘yicha rekord o‘rnatdi
21:39 / 10.03.2023
O‘zbekistonda 5G texnologiyasini joriy etish jarayoni boshlandi
10:39 / 06.10.2022
Toshkentda va barcha viloyat markazlarida beshinchi avlod 5G standartidagi stansiyalar o‘rnatiladi
18:02 / 04.02.2022