Jamiyat | 13:51 / 23.05.2020
30847
2 daqiqa o‘qiladi

Ramazon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kuni berilmaydi

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq, 24 may yakshanba kuni Ramazon hayiti sifatida nishonlanadi.

Joriy yilgi Ramazon Hayiti munosabati bilan dam olish kunlarida hech O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 noyabrdagi “2020 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-5875-sonli farmoniga muvofiq 2020 yilda faqat bir kun - 2020 yilda 23 mart (Navro‘z bayrami uchun) — dushanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.

O‘tgan yillar uchun e'lon qilingan farmonlardan farqli o‘laroq, joriy yildagi Ramazon Hayiti munosabati bilan dam olish kunlari boshqa ish kunlariga ko‘chirilmagan.

Shunga ko‘ra, mehnat shartnomasi asosida ishlovchi xodimlarning ish kunlari va dam olish kunlarida o‘zgarish bo‘lmaydi. Hayit bayrami yakshanba kuniga to‘g‘ri kelgani uchun 2 ta dam olish kuni bir kunda o‘tib ketadi.

Aniqrog‘i, haftasiga besh kun ishlaydiganlar odatiy ravishda shanba (23 may) va yakshanba (24 may) kunlari dam olishadi, haftasiga olti kun ishlaydigan xodimlar esa faqat yakshanba – 24 may kuni dam olishadi.

Ta'kidlash lozimki, Mehnat kodeksining 121-moddasiga ko‘ra bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

Shunga ko‘ra,  haftasiga 6 kun ishlaydigan xodimlar bugun - 23 may, shanba kuni ish vaqti tugashidan bir soat avvalroq ketishlari mumkin.

Mavzuga oid