O‘zbekiston | 07:10 / 16.06.2020
43108
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 2-3 ballik zilzila kuzatildi

Toshkent vaqti bilan 16 iyun kuni soat 06:30da Tojikiston hududida zilzila yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring markazi ma'lum qildi.

Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma'lum qilishicha, zilzila o‘chog‘i Tojikistonda, Toshkentgacha masofa 457 km janubiy-sharqiy yo‘nalishda joylashgan bo‘lib, magnituda — 5,5, chuqurlik — 112 km.

O‘zbekiston hududida zilzilaning kuchi Namangan, Anijon, Farg‘ona va Sirdaryoda 3 ballni tashkil qilgan.

Zilzila O‘zbekiston hududida:

Toshkent : 457 km, 2 ball.
Namangan : 353 km, 3 ball.
Andijon : 326 km, 3 ball.
Farg‘ona : 284 km, 3 ball.
Guliston : 414 km, 3 ball.
Jizzax : 452 km, 2 ball.
Samarqand : 495 km, 2 ball.
Buxoro : 705 km, 2 ball.
Termiz : 438 km, 2 ball.
Qarshi : 568 km, 2 ball.
Navoiy : 638 km, 2 ball.

Mavzuga oid