Pokistonda koronavirusdan sog‘ayganlar qoni xufiyona sotilmoqda
Pokistonda qora bozorda koronavirusdan sog‘ayib ketganlar qoni 950 dan 3000 funt sterlinggacha sotilmoqda. Koronavirusga chalinganlar oilalari bunday yirik pulni to‘lashga tayyorlar: ular aynan ushbu “mo‘jizaviy vosita” yaqinlari hayotini saqlab qolishiga ishonishmoqda.
Mahalliy tibbiy xodimlar The Guardian nashriga bergan intervyuda koronavirusga chalinganlar va virusdan tuzalganlar yaqinlari o‘rtasida qon oldi-sotdisi qanday kechishini so‘zlab berishgan.
“Shifoxonalar bunda ishtirok etmaydi, biroq kelishuvlar ko‘z o‘ngimda tuzilgan. Bemorlarning yaqinlari yoki qarindoshlari sog‘ayganlar oldiga kelib, ulardan qon donori bo‘lishni so‘rashadi. So‘ngra ular xususiy laboratoriyaga borib, “donor” qondan zardob olishadi”, deb so‘zlab bergan Islomoboddagi davlat shifoxonasi shifokori jurnalistlarga.
Bu orada pokistonlik shifokorlar shifoxonalarda dori-darmon tugab borayotganini aytishmoqda. Bemorlar uchun hayotiy muhim bo‘lgan dori-darmonsiz vaziyatda virusdan tuzalganlarning qon zardobi haqiqiy “mo‘jizaviy vosita” hisoblanadi.
Mavzuga oid
21:12 / 22.09.2024
Pokistonda Rossiya elchisi kortejidagi avtomobil mina bilan portlatildi
12:50 / 21.09.2024
Pokiston O‘zbekiston ishtirokidagi xalqaro transport yo‘lagini tashkil etish bo‘yicha memorandumni imzoladi
14:10 / 10.09.2024
Niderlandiyada qotillikka undaganlikda ayblangan ikki pokistonlik sudlandi
12:27 / 21.08.2024