O‘zbekiston | 15:30 / 07.10.2020
50934
1 daqiqa o‘qiladi

Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari vafot etdi

Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Bahromjon Nurmatov og‘ir xastalikdan so‘ng 56 yoshida vafot etdi. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, Bahromjon Nurmatov 7 oktabr kuni Toshkent shahridagi klinikalardan birida og‘ir xastalikdan vafot etgan.

Bahromjon Nurmatov 1964 yilda Namangan viloyatining Namangan tumanida tug‘ilgandi. 1986 yilda Toshkent politexnika instituti, 2000 yilda prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. 

Mehnat faoliyatini 1986 yili To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 148-xo‘jaliklararo mexanizatsiyalashgan ko‘chma kolonnada ustalikdan boshlagandi.

2009–2016 yillarda Uchqo‘rg‘on tumani hokimi bo‘lgan. 

2016–2017 yillarda yana viloyat hokimligining Yagona buyurtmachi- injiniring kompaniyasi direktori lavozimida ishlagan.

2017 yildan hozirga qadar Namangan viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Mavzuga oid