O‘zbekiston | 15:18 / 19.10.2020
11472
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda yuz bergan YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  Tergov harakatlari olib borilmoqda.

2020 yil 18 oktabr kuni soat 15:00da 40 yoshli F.X. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasini Andijon viloyati Baliqchi tumani Afsona MFY hududidan o‘tgan Baliqchi-O‘rmonbek avtomobil yo‘lining O‘rmonbek yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra F.X. shu yo‘nalishda qarshisidan harakatlanib kelayotgan 53 yoshli A.O‘.ning boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada, Nexia haydovchisi F.X. va yo‘lovchi, 53 yoshli J.M. hodisa joyida vafot etgan. Har ikkala avtomashinadagi yana uch nafar yo‘lovchi va boshqa bir haydovchi turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olib kasalxonaga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Baliqchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid