Jamol Qoshiqchining qallig‘i Saudiya valiahd shahzodasini sudga berdi
Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulxonasida 2018 yil oktyabrda o‘ldirilgan jurnalist Jamol Qoshiqchining qallig‘i Xadija Chingiz Vashingtonda joylashgan notijorat tashkiloti bilan birgalikda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonni sudga berdi.
Bloomberg axborot agentligining advokatga tayanib xabar berishicha, Chingiz Saudiya valiahd shahzodasini Qoshiqchining o‘ldirilishiga aloqadorlikda ayblamoqda.
Ma'lum qilinishicha, AQShdagi federal sudga Qoshiqchining qallig‘i va marhum jurnalist tomonidan tashkil etilgan Democracy for the Arab World Now (Arab olami uchun hozirdayoq tinchlik) deb nomlangan tashkilot arz qilgan. Ta'kidlanishicha, 7 ta ayblov bandidan iborat arznomada podshohlikning yana 28 fuqarosi tilga olingan.
Qoshiqchining o‘ldirilishi bo‘yicha Saudiya Arabistonida yakuniy hukmlar joriy yilning 7 sentyabrida o‘qilgan. Unga ko‘ra, 5 kishi 20 yillik, bir kishi 10 yillik va 2 kishi 7 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.
Rasmiy Ar-Riyodning siyosati haqidagi tanqidiy maqolalari bilan ma'lum bo‘lgan jurnalist AQShda yashagan va The Washington Post nashri bilan hamkorlik qilgan. U 2018 yil 2 oktyabrda Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh kolsunxonasiga tashrifi vaqtida izsiz yo‘qolgan. 20 oktyabrda esa Saudiya Arabistoni rasmiylari Qoshiqchi konsulxonada chiqqan nizo vaqtida o‘ldirilganini ma'lum qilgan.
Xalqaro hamjamiyat ushbu qotillikni qoralagan va Ar-Riyodni u bo‘yicha shaffof tergov o‘tkazishga chaqirgan. Tergovning dastlabki natijalari 2018 yilning 15 noyabridayoq e'lon qilingan. O‘shanda Ar-Riyodning ta'kidlashicha, jurnalistni o‘ldirish emas, Saudiya Arabistoniga olib chiqib ketishmoqchi bo‘lgan.
Mavzuga oid
12:40
Toshkentda O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni ishbilarmonlar forumi o‘tkazilishi mumkin
23:45 / 26.09.2024
Saudiya Arabistoni neft qazib chiqarishni oshirib, Rossiya budjetiga zarba berishga tayyorlanmoqda
13:38 / 24.09.2024
Saudiyaning asr loyihasiga aylanishi kutilgan Vision 2030 dasturi qiyinchiliklarga duch keldi
08:20 / 11.09.2024