O‘zbekiston sakkiz davlat bilan xalqaro aviareyslarni to‘xtatdi
O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishi oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi bayonot bilan chiqdi.
Unda aytilishicha, so‘nggi kunlarda ayrim xorijiy mamlakatlarda, xususan, Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasida yangi koronavirus infeksiyasi aniqlanish holatlari soni tubdan oshib ketib, epidemiologik vaziyat keskin yomonlashuvi kuzatilmoqda. Xususan, joriy yil 20 dekabr holatida Buyuk Britaniyada kunlik kasallik holati 36 mingga, Germaniyada 21 mingga yaqin, Italiyada 15 mingdan, Niderlandiyada 13 mingdan, Janubiy Afrika Respublikasida 9 mingdan ziyodni tashkil etmoqda.
Ushbu mamlakatlardagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda aksariyat Yevropa va boshqa davlatlar tomonidan epidemiologik vaziyatni murakkablashtirmaslik maqsadida yuqoridagi davlatlar bilan xalqaro aviatashuvlarni cheklash bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yil 21 dekabr sanasidan 2021 yil 10 yanvarga qadar Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari bilan xalqaro aviareyslar (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublikaga kirish) to‘xtatiladi.
Shu bilan birga, Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari fuqarolari, ushbu davlatlarda doimiy istiqomat qiluvchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hamda so‘nggi 14 kun davomida mazkur davlatlarda bo‘lgan uchinchi davlat fuqarolari yuqoridagi cheklov amal qilgan davr mobaynida O‘zbekiston Respublikasiga kiritilmasligi belgilandi.
Shuningdek, so‘nggi 14 kun davomida Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlarida bo‘lgan holda uchinchi davlatlar orqali O‘zbekistonga kirib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 14 kun davomida vaqtinchalik karantinda saqlash majmuasida yoki tegishli mehmonxonada karantinga olinishi belgilab qo‘yildi.
Mazkur joriy etilayotgan cheklovlar ushbu davlatlardagi epidemiologik vaziyat barqarorlashgani sari bosqichma-bosqich bekor qilib boriladi.
Respublika maxsus komissiyasi fuqarolardan jamoat joylarida niqob taqib yurish, restoran, kafe va boshqa umumiy ovqatlanish obektlarida 30 kishidan oshmagan holda tadbirlarni o‘tkazish, shuningdek, vazirlik, idoralar va davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik birlashmalarida turli xil korporativ bayram tadbirlari tashkil etmaslik to‘g‘risidagi karantin cheklovlariga qat'iy amal qilishni so‘ragan.
Shu bilan birga, Respublika maxsus komissiyasi fuqarolarning o‘zi va oila a'zolarining sog‘lig‘ini asrab-avaylash maqsadida kirib kelayotgan yangi yilni oila davrasida kutib olish zarurligini yana bir bor eslatib o‘tgan.
Mavzuga oid
23:31 / 22.10.2024
Hindiston aviakompaniyalariga bir sutkada bomba to‘g‘risida 50 ga yaqin yolg‘on xabar kelib tushdi
13:50 / 13.09.2024
Dubaydan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan aviareys majburan bekor qilindi
12:45 / 27.08.2024
Bayram munosabati bilan 6 ta shaharga qo‘shimcha aviareys qo‘yiladi
07:40 / 28.12.2023