O‘zbekiston | 10:19 / 25.01.2021
112445
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi avloddagi Tracker’ning narxi ma'lum qilindi 

Krossoverning bazaviy komplektatsiya 166,9 mln so‘mga tushadi. LT komplektatsiyasi esa 222 mln so‘m.

Joriy yilning 25 yanvar kunidan boshlab Chevrolet Tracker krossoveri o‘rnini yangi avloddagi Tracker egallaydi. Bu haqda «O‘zavtosanoat» xabar bermoqda.

Yangi Tracker panorama lyuk, LED chiroqlar va 8 dyuymlik sensorli ekranga ega bo‘lgan audiotizim bilan jihozlangan. 

Mashinaning texnik xususiyatlari quyidagicha:

  • zamonaviy uch silindrli ECOTEC turbomotor;
  • aralash sikldagi yoqilg‘i sarfi 5,5 l/100 km, quvvati 123 ot kuchi;
  • 6 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi;
  • kalitsiz salonga kirish va dvigatelni ishga tushirish;
  • yonilg‘i sarfini tejashga mo‘ljallangan «STOP-START» intellektual tizimi;
  • yangilangan va katta hajmli yukxona.

Yangi Tracker’ning narxi boshlang‘ich komplektatsiyada 145 mln so‘mdan boshlanadi. LT komplektatsiya esa - 193 043 478 so‘m.

Kompaniya narxlarni qo‘shimcha qiymat solig‘isiz (QQS) ko‘rsatgan.

Qo‘shimcha qiymat solig‘i bilan hisoblaganda bazaviy komplektatsiya 166,9 mln so‘mga tushadi, LT komplektatsiyasi QQS bilan 222 mln so‘mni tashkil etadi.

Mavzuga oid