Shavkat Mirziyoyev jurnalistlarga: «Qo‘rqmanglar, ortingizda prezident bor»
Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida OAV vakillari bilan muloqot qildi va ularni o‘z faoliyatida hech narsadan qo‘rqmaslikka va doim adolat tarafida bo‘lishga chaqirdi.
«Sizlar menga ko‘makchi, yelkadoshsiz. Yutug‘imizni ham, kamchiligimizni ham xalqimizga adolat bilan yetkazuvchi kuch deb bilaman.
Sizlardan bitta narsani iltimos qilaman, izlanishdan eringmanglar, adolatni xalqqa yetkazishdan qo‘rqmanglar. Ortingizda prezident bor. U zamonlar o‘tib bo‘ldi. Endi orqaga yo‘l yo‘q. Faqat adolat, adolat, faqat haqiqat! Qancha ko‘p haqiqatni yetkaza olsak, shuncha ko‘p manfaat bo‘ladi.
To‘g‘ri, bugun kimdir sizlarni yomon ko‘rar. Lekin siz yozgan gaplarni yoqtirmagan rahbarlar baribir borib to‘g‘rilaydi o‘sha muammoni. Baribir adolat mezoni o‘rnatiladi. Bu degani islohotlarimiz, murojaatnomada aytilgan gaplar rost ekanku, qilsa bo‘lar ekanku degan ibora paydo bo‘ladi», degan prezident.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 29 dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev parlamentga yo‘llagan murojaatida ommaviy axborot vositalari tobora «to‘rtinchi hokimiyat»ga aylanib borayotgani, ular nafaqat mamlakatdagi ijobiy o‘zgarishlarni, balki dolzarb muammolarni ham yoritib borayotganini ta'kidlagan edi.
Mavzuga oid
15:00 / 21.12.2024
Kun.uz'ning YouTube'dagi obunachilari soni 3 milliondan oshdi
15:08 / 13.12.2024
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov iqtisodchi Otabek Bakirov ustidan huquq organlariga ariza berdi
21:49 / 12.12.2024
Avstraliya internet kompaniyalarni mahalliy OAV kontenti uchun pul to‘lashga majbur qiladi
16:05 / 16.11.2024