O‘zbekiston | 16:54 / 22.02.2021
6730
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Hindiston muntazam aviaqatnovlarni tiklamoqda

Uzbekistan Airways «Toshkent – Dehli – Toshkent» yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirishda davom etadi.

«O‘zbekiston va Hindiston aviatsiya ma'muriyati o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviaqatnovlarni International Air Travel Bubble bitimi asosida amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi», deb xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati. 

Joriy yilning mart oyidan boshlab, Uzbekistan Airways tomonidan «Toshkent – Dehli – Toshkent» yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni amalga oshirish boshlanadi.  
Parvozlar 5 mart sanasidan haftasiga ikki marta – seshanba va juma kunlari bajarilishi ko‘zda tutilmoqda.

- Toshkent – Dehli 02:35da uchish, 06:05da qo‘nish;

- Dehli – Toshkent 09:00da uchish, 11:30da qo‘nish.

Mavzuga oid