Jamiyat | 22:03 / 06.03.2021
11828
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda 5 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

To‘rtko‘l tumanida yashagan ota va uning uch farzandi, shuningdek ularning uyiga mehmonga kelgan bir fuqaro xonadondagi isitish pechidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etdi.

To‘rtko‘l tumani “Yangiobod” MFYda yashovchi fuqaro I.U. (erkak) va uning qizlari R.S. (2003 y.t.), R.A. (2010 y.t.) va o‘g‘li R.M. (2005 y.t.) hamda ushbu xonadonga mehmonga kelgan A.Sh. xonadonda o‘rnatilgan isitish pechidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasidan ma'lum qilishlaricha, fojia haqida To‘rtko‘l tumani IIBga 6 mart kuni soat 11:30larda xabar kelib tushgan.

To‘rtko‘l tuman prokuraturasi holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Dastlabki tergovni tuman IIB o‘tkazmoqda. Tergovni Qoraqalpog‘iston prokuraturasi nazoratga olgan.

Fevral oyi oxirida Xorazmda bir oila is gazidan zaharlanib, uch kishi vafot etgandi.

Mavzuga oid