O‘zbekiston | 13:04 / 16.03.2021
7342
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda epidemiologik vaziyat barqaror - viloyat SSB

Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi viloyat hududidagi epidemiologik vaziyat haqida ma'lumot berdi. 

Unda ta'kidlanishicha, 14 mart kuni viloyatda 1 nafar, 15 martda 3 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. 

«Hozirgi kunda respublikada karantin choralari yumshatilgan, ammo to‘liq bekor qilinmagan. Shu sababli fuqarolarga jamoat va ish joylarida, o‘zaro muloqotda tibbiy niqobda bo‘lish, qo‘l berib so‘rashmaslik hamda antiseptik vositalardan foydalanishni tavsiya etamiz. Shuningdek, o‘zlarida kasallik alomatlari kuzatilsa, darhol oila shifokoriga murojaat etishlarini so‘raymiz», deyiladi boshqarma xabarida.

Avvalroq, Toshkentdagi 77ta maktabda va talabalar shaharchasi yotoqxonasida virusga chalinganlar aniqlangani ma'lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid