O‘zbekiston | 16:26 / 18.03.2021
63887
13 daqiqa o‘qiladi

«So‘x voqealari» bo‘yicha 22 kishiga sud hukmi o‘qildi

Bugun, 18 mart kuni Farg‘ona viloyat sudida «So‘x voqealari» yuzasidan 22 nafar shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi.

Arxiv foto/Kun.uz

Oliy sud xabariga ko‘ra, sudlanuvchilar - M.Ahmedov (1973 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), N.Jo‘rayev (1972 yilda Rishton tumanida tug‘ilgan), R.Mirsharipov (1974 yilda Rishton tumanida tug‘ilgan), F.Ahrorov (1995 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), D.Mallayev (1997 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), O.Otashev (2000 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), Sh.Mirzojonov (2000 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), B.Shodiyev (1980 yilda Rishton tumanida tug‘ilgan), Yo.Jo‘rayev (2002 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), Sh.Mahmadaliyev (1993 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), Z.Zaylobov (2001 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), Sh.Olimov (2002 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), B.Foziljonov (1976 yilda Rishton tumanida tug‘ilgan), X.Safarjonov (2001 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), R.Hasanov (1988 yilda Rishton tumanida tug‘ilgan), X.Rahmonaliyev (1997 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), S.Ismatov (1996 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), J.Bo‘ronboyev (1996 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), D.Xolmatjonov (1999 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), F.Jonuzoqov (1988 yilda Rishton tumanida tug‘ilgan), I.Sobirov (2002 yilda Rishton tumanida tug‘ilgan) va S.Parpiyevga (1975 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan) nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e'lon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi Farg‘ona viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi T.Vahobov raisligida hamda xalq maslahatchilari N.Musinova va Z.Qosimovadan iborat sud tarkibida ko‘rib chiqildi.

Farg‘ona viloyat sudining 2021 yil 18 martdagi hukmiga ko‘ra:

M.Ahmedov Jinoyat kodeksining 244-moddasida (ommaviy tartibsizliklar) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash)ni qo‘llab, 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;

N.Jo‘rayev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;

R.Mirsharipov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. R.Mirsharipovning 2020 yilning 22 avgust kunidan 18 mart kuniga qadar qamoqda saqlangan 6 oy 26 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 4 yil 5 oy 4 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi;

F.Ahrorov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. F.Ahrorovning 2020 yilning 22 avgust kunidan 18 mart kuniga qadar qamoqda saqlangan 6 oy 26 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 4 yil 5 oy 4 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi;

D.Mallayev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. D.Mallayevning 2020 yilning 10 avgust kunidan 18 mart kuniga qadar qamoqda saqlangan 7 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 4 yil 4 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi;

O.Otashev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. O.Otashevning 2020 yilning 22 avgust kunidan 18 mart kuniga qadar qamoqda saqlangan 6 oy 26 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 4 yil 5 oy 4 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi;

Sh.Mirzojonov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Sh.Mirzojonovning 2020 yilning 25 avgust kunidan 18 mart kuniga qadar qamoqda saqlangan 6 oy 23 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 4 yil 5 oy 7 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi;

B.Shodiyev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. B.Shodiyevning 2020 yilning 23 avgust kunidan 18 mart kuniga qadar qamoqda saqlangan 6 oy 25 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 4 yil 5 oy 5 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi;

Yo.Jo‘rayev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Yo.Jo‘rayevning 2020 yilning 22 sentabr kunidan 18 mart kuniga qadar qamoqda saqlangan 5 oy 26 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 4 yil 6 oy 4 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi;

Sh.Mahmadaliyev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Sh.Mahmadaliyevning 2020 yilning 10 sentabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog‘ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 3 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi;

Z.Zaylobov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Z.Zaylobovning 2020 yilning 10 sentabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog‘ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 3 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi;

Sh.Olimov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57, 84-1-moddalarini qo‘llab, 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Sh.Olimovning 2020 yilning 10 sentabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog‘ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 1 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi;

B.Foziljonov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. B.Foziljonovning 2020 yilning 10 sentabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog‘ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 4 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi;

X.Safarjonov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. X.Safarjonovning 2020 yilning 10 sentabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog‘ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 3 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi;

R.Hasanov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. R.Hasanovning 2020 yilning 10 sentabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog‘ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 3 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi;

X.Rahmonaliyev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. X.Rahmonaliyevning 2020 yilning 10 sentabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog‘ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 3 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi;

S.Ismatov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. S.Ismatovning 2020 yilning 10 sentabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog‘ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 3 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi;

J.Bo‘ronboyev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. J.Bo‘ronboyevning 2020 yilning 10 sentabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog‘ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 4 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi;

D.Xolmatjonov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. D.Xolmatjonovning 2020 yilning 10 sentabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog‘ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 3 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi;

F.Jonuzoqov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. F.Jonuzoqovning 2020 yilning 10 sentabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog‘ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 3 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi;

I.Sobirov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57, 84-1-moddalarini qo‘llab, 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. I.Sobirovning 2020 yilning 10 sentabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog‘ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 1 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi;

S.Parpiyev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. S.Parpiyevning 2020 yilning 10 sentabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog‘ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 4 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

Jinoyat oqibatida Farg‘ona viloyat IIB foydasiga yetkazilgan 9 996 341 so‘m moddiy zarar sudlanuvchilardan solidar tartibda undirilishi belgilandi.

Mazkur jinoiy ish bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan chiqarilgan hukmning mazmuni batafsil tushuntirilib, sudlanuvchilar va boshqa tomonlarga ushbu hukm ustidan shikoyat qilishning qonunda belgilangan tartibi va muddati tushuntirildi, deyiladi ma'lumotda. 

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil noyabr oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudida «So‘x voqealari» yuzasidan 22 nafar shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqish jarayoni boshlangandi. 

2020 yil 31 may kuni So‘x tumanida, Qirg‘iziston bilan chegarada joylashgan Chashma bulog‘i oldida mojaro kelib chiqqan edi. Ma'lumotlarda hodisa oqibatida so‘xliklardan 187 kishi jarohatlangani, ulardan 15 nafari vertolyotda Farg‘ona shahriga olib borilgani aytilgandi.

Mavzuga oid