O‘zbekiston | 09:48 / 25.03.2021
22743
1 daqiqa o‘qiladi

Bo‘stonliqdagi dam olish maskaniga olib boruvchi yo‘lning bir qismi cho‘kdi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tgan, "Amirsoy" dam olish maskaniga olib boruvchi yo‘l 3-kilometri, 19-20-piketida yo‘l cho‘kish holati kuzatildi.

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, hozirda FVV va boshqa idoralar hamkorligida tezkor choralar ko‘rilmoqda.

Transport vositalari harakati ushbu avtomobil yo‘lida vaqtincha to‘xtatildi. 

Shu sababli, dam olishga boruvchilar tuman hududidan o‘tgan 4R-6 "Toshkent-Chimyon" avtomobil yo‘lining 72-kilometrida ortga qaytarilmoqda.

“Yo‘l sozlash ishlari amalga oshirilib, harakat tiklanganidan so‘ng qo‘shimcha ma'lumot beriladi. Dam olishga borishni reja qilgan fuqarolardan vaqtincha "Amirsoy" tomon harakatlanmasliklarini so‘raymiz.  

Barcha haydovchilardan tartibga soluvchilarning ishoralariga, yo‘l belgilariga amal qilishlarini so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid