Turkiyaning Xatay shahri delegatsiyasi Buxoroda bo‘ldi
Turkiyaning Xatay provinsiyasi hokimi Lyutfi Savash boshchiligidagi ishbilarmonlar delegatsiyasi 2021 yil 8 iyul kuni rasmiy tashrif bilan Buxoroga keldi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Viloyat hokimi Botir Zaripov delegatsiyani qabul qilib, muzokara o‘tkazgan. Unda kelgusida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ikki tomonlama teng manfaatli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilinib, qator takliflar ilgari surilgan.
Jumladan, viloyatda har yili o‘rtacha 300 ming tonna atrofida paxta yetishtirilib, 100 ming tonnadan ziyod paxta tolasi ishlab chiqarilishi, bu esa “xomashyodan tayyor mahsulotgacha” tamoyili asosida sheriklikda ishlash va tayyor tekstil mahsulotlarini tayyorlash uchun qulay muhitligi takidlangan.
Shuningdek, viloyatda qorako‘l terini qayta ishlash va charm-mo‘yna sanoatini rivojlantirish, hududda qimmatbaho sanalgan 50dan ortiq yerosti qazilma boyliklari — grafit, bentonit, marmar, granit, gips, oltingugurt, ohaktosh va boshqa xomashyoga boy tabiiy resurslar konlarini o‘zlashtirish, ulardan qurilish va boshqa sohalar uchun zarur ashyolar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish istiqboli xususida to‘xtalib o‘tilgan.
Xatay provinsiyasi hokimi Lyutfi Savash savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik, transport-logistika va madaniy-gumanitar yo‘nalishlardagi aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni har tomonlama qo‘llab quvvatlashga tayyor ekanliklarini ma'lum qilgan.
Ma'lumot o‘rnida, bugungi kunda Buxoro viloyatida 300dan ortiq xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Mahalliy tadbirkorlar va Turkiya kompaniyalari hamkorligida turli sohalarda 39 ta xorijiy korxona faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 2020 yilda viloyat va turkiyalik sarmoyadorlar o‘rtasidagi o‘zaro tashqi savdo aylanmasi 68,7 million AQSh dollarini tashkil etgan. Bunda eksport hajmi 12,4 million, import hajmi esa 56,3 million AQSh dollariga teng.
Oldinroq Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi Raisi Volkan Bozkir boshchiligidagi delegatsiya Buxoroga kelgandi.
Mavzuga oid
17:03 / 15.12.2024
Buxoroda haydovchi mast holda avtobus boshqarib, odam tashiyotganda ushlandi
15:29 / 03.12.2024
Buxoro shahrining tarixiy qismida mototsikl va skuter kabilarning harakati cheklandi
11:04 / 02.12.2024
2025 yilda Rossiya shahrida Buxoro madaniyati kunlari o‘tkaziladi
17:27 / 30.11.2024