Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vazirida koronavirus aniqlandi
15 iyul kuni mamlakatda yarim yil ichida ilk marta bir sutkada 50 mingdan ortiq kasallik yuqtirish holatlari aniqlangandi.
Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Sajid Javidda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda Javid o‘zining Twitter akkauntida ma'lum qildi.
«Bugun ertalab koronavirusga topshirgan testim musbat chiqdi. PZR-test natijasini kutyapman, ammo ikki doza vaksina bilan emlanganligim uchun simptomlar sust», — deb yozdi u.
Shuningdek, Javid aholini koronavirusga qarshi vaksina olishga chaqirdi.
15 iyul kuni mamlakatda yarim yil ichida ilk marta bir sutkada 50 mingdan ortiq kasallik yuqtirish holatlari aniqlangandi.
Pandemiya boshidan beri 5,3 milliondan ortiq britaniyalik koronavirusga chalingan, 129 mingga yaqini virusdan vafot etgan.
Ayni vaqtda mamlakatda balog‘atga yetgan yoshdagi aholining 87,6 foizi koronavirusga qarshi vaksinaning bir dozasi, 67,5 foizi esa ikki dozasi bilan emlab bo‘lingan.
Mavzuga oid
00:10 / 25.12.2024
Sun’iy intellekt diabet rivojlanish xavfini o‘nlab yillar oldin aniqlashga yordam beradi
03:11 / 24.12.2024
Britaniya dronlarga qarshi yangi turdagi radiochastotali qurolni sinovdan o‘tkazdi
18:56 / 22.12.2024
Britaniyalik harbiylar ommaviy ravishda armiyadan ketishni boshladi
21:42 / 19.12.2024